Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga 2015-yil 6-aprel kuni Samarqand viloyati hududida, jumladan Urgut shahrida sel kelgani aks etgan fotosuratlar joylashtirildi.
Foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, tog‘li hudud bo‘lgani uchun Urgutda bunday holatlar uchrab turadi.
Shuningdek, “Daryo” mobil muxbirlaridan biri ham Urgutdagi sel aks etgan fotosuratni jo‘natgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Izoh (0)