AQShning Minnesota shtatidagi Keyl okrugi hududidan o‘tgan US 10 federal trassasida 1979-yilda ishlab chiqarilgan yengil dvigatelli Mooney M20K samolyoti Ford Fusion sedani bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
Qayd etilishicha, uchuvchi dvigateldagi nosozlik tufayli samolyotni favqulodda qo‘ndirishga majbur bo‘lgan. Bortda 57 yoshli uchuvchining jiyani ham bo‘lgan. Ularga va Ford haydovchisiga hech qanday zarar yetmagan.
Samolyot Shimoliy Dakota shtatidagi Minota aeroportidan uchib, Minnesota shimoli-g‘arbida joylashgan boshqa aeroportga ketayotgan bo‘lgan. Parvoz vaqtida dvigatel ishlamay qolgach, uchuvchi uni yo‘lda qo‘ndirishga uringan va shu vaqtda Ford bilan to‘qnashgan.
Izoh (0)