Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan svetoforlardan birining ustuni sinib qoldi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, ushbu svetofor Yunusobod tumanining 12-mavzesida, Toshkent halqa avtomobil yo‘li yaqinida, 97-yo‘nalishdagi avtobuslarning oxirgi bekati yonida joylashgan.
Xabarga ilova qilingan fotosuratlarda svetoforning ustuni o‘rtasidan sinib, yuqori qismi yerga egilib qolgani ko‘rinib turadi. Svetoforning bunday holati transportlar harakatiga xalal berayotgani ham aytilgan.