iPhone’ning Xitoydagi savdosi 2015-yil 28-fevraligacha bo‘lgan uch oy ichida rekord darajaga yetdi, deya xabar bermoqda “Vedomosti.ru”. Bunga Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil arafasida iPhone 6’ga bo‘lgan talab sabab bo‘ldi.
Natijada Apple Xitoy smartfonlar bozoridagi ulushini savdolar hajmi bo‘yicha 27,6 foizgacha oshirishga muvaffaq bo‘ldi. iPhone 6 esa ushbu davr ichida Xitoyning shahar aholisi orasida eng ommabop smartfonga aylandi. Undan keyingi o‘rinlarni RedMI Note (Xiaomi) va iPhone 6 Plus egalladi.