O‘zbekiston delegatsiyasining Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Yashin Xidirov rahbarligida FAO (BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti)ning Anqaradagi Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy bo‘linmasiga tashrifi davomida 1,596 million dollarlik to‘rtta shartnoma imzolandi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Jumladan, O‘zbekiston va FAO o‘rtasida chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha 600 ming dollarlik, baliqchilikni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish choralari loyihasi bo‘yicha 371 ming dollarlik, yer resurslaridan mintaqviy foydalanish loyihasi bo‘yicha 200 ming dollarlik shartnomalar imzolangan.
Shuningdek, tomonlar Markaziy Osiyodagi milliy fitosanitar xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha umumiy byudjeti 425 million dollarga teng kelishuvni imzolagan.
Izoh (0)