Rossiyalik milliarder Mixail Proxorov AQShning Brooklyn Nets basketbol jamoasi va uning Barclays Center arenasidagi ulushining bir qismini 3 milliard dollarga sotmoqchi, deb xabar berdi “Vedomosti”.
Brooklyn Nets jamoasini 2010-yilda 223 million yevro evaziga sotib olgan Mixail Proxorov AQSh Milliy basketbol assotsiatsiyasi klublarining ilk xorijlik investoriga aylangan edi. Unga klubning 80 foizi va arenaning 45 foizi tegishli hisoblanadi. Jamoaning 20 foizi va arenaning 55 foizi esa bryus ratnerga tegishli.
Forbes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Proxorov o‘z aksiyalarining bir qisminigina 3 milliard dollarga sotmoqchi. U jamoaning 51 foiz ulushini o‘zida saqlab qolishni maqsad qilgani aytilgan.
Izoh (0)