Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 15 ming dollardan iborat turnir o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Ushbu musobaqaning yakkalikdagi ishtirokini birinchi davradayoq yakunlagan Sabina Sharipova juftliklar bahsida muvaffaqiyatli odimlayapti. O‘zbekistonlik tennischi kecha koreyalik dugonasi Su Jeong Jang bilan birga chorak finalda musobaqaning birinchi tartib raqamli mezbon tennischilari opa-singil Varatchaya va Varunya Vongteanchaylarni 3:6, 6:2, tay-brekda 10:3 hisobida mag‘lub etishdi.
Endi Sharipova va Jang final chiptasi uchun turnirning uchinchi raqamli juftligi, yaponiyalik tennischilar – Miyabi Inoue va Akiko Omaega qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)