Qirg‘iziston huquqni muhofaza qilish organlari so‘rovi bilan Janubiy Qozog‘iston viloyatida Qirg‘izistonning sobiq muftiysi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Knews.kg”.
“29-mart kuni Qirg‘izistonning sobiq muftiysi Rahmatulla Egemberdiyevni vaqtinchalik hibsda ushlashga sanksiya berildi”, − dedi Sariag‘ash tumani sudyasi Berik Kaipov.
Sudyaning takidlashicha, sobiq muftiy Qirg‘izistonni siyosiy sabablar tufayli tark etishga majbur bo‘lganini va Qozog‘istondan boshpana so‘rashni mo‘ljallayotganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)