Keniya shimoli-sharqida, Somali bilan chegara yaqinida joylashgan Garissa shahridagi universitet binosiga jangarilar bostirib kirdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Mayalliy OAV xabariga ko‘ra, ikki nafar politsiyachi va bir nafar talaba jarohat olgan va ular shifoxonaga yetkazilgan. Keniya mudofaa kuchlari voqea joyiga yetib kelgan.
Hozircha hujum uchun javobgarlikni kim bo‘yniga olishi ma’lum emas, biroq “Somali ash Shabab” guruhi jangarilari so‘nggi yillarda Keniyaga ko‘p hujumlar uyushtirgani qayd etilgan.
Izoh (0)