Shu yilning 29-mart kuni Shanxayda figurali uchish bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston nomidan Misha Ge qatnashdi va barcha ishtirokchilar bilan selfiga tushdi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.
Qayd etilishicha, ushbu surat boshqa figurachilarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham keng tarqalgan.
Eslatib o‘tamiz, 23–29-mart kunlari Xitoyda o‘tkazilgan figurali uchish bo‘yicha Jahon chempionatida erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 21 mamlakatdan 47 nafar sportchi qatnashdi. Ular orasida Yudzuru Xanyu, Denis Ten, Maksim Kovtun, Xaver Fernandes kabi taniqli figurachilar ham bor edi. Misha Ge jami 234,8 ball to‘plab, 6-o‘rinni olishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)