O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi texnik bo‘limi boshlig‘i, OFK komissari Olim Arifov FIFA komissarlari ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Shu paytgacha OFKga kiruvchi musobaqalarda komissar sifatida ishlab kelgan Olim Arifov endilikda FIFA tasarrufiga kiruvchi musobaqalarda, jumladan, JCh – 2018 saralash bahslarida komissar sifatida ishlaydi.
Ta’kidlash joiz, OFK komissari sifatida o‘zbekistonlik mutaxassis o‘z faoliyatini 2011-yilda boshlagan va bungacha OFK tasarrufiga kiruvchi musobaqalarda ishlagan. Jumladan, klublar o‘rtasida OFK Kubogi hamda OChL, shuningdek, terma jamoalar miqyosidagi o‘yinlarda umumiy hisobda 50 ga yaqin uchrashuvda komissarlik qilgan.
Izoh (0)