Nigeriya saylov komissiyasi general Muhammadu Buxarini mamlakat prezidentligi uchun saylovlar g‘olibi deb e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
U jami 15 million 424 ming 921 ta ovoz to‘plagan, raqibi Gudlak Jonatanga esa 12 million 853 ming 162 nafar saylovchi ovoz bergan. Prezidentlik saylovi 28-mart kuni bo‘lib o‘tgan.
Bu demokratik saylovlar natijasida hokimiyat muxolifat qo‘liga o‘tgan Nigeriya tarixidagi ilk holat ekkanligi qayd etilgan. 2010-yildan buyon Nigeriyani boshqarib kelayotgan Gudlak Jonatan raqibini g‘alaba bilan tabriklab, saylovlar haqqoniy o‘tganini tan olgan.
Izoh (0)