Turkiyaning Istanbul shahridagi Kartal tumanida joylashgan hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining ofisiga ikki nafar qurollangan shaxs bostirib kirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ikki nafar qurollangan shaxs binoga bostirib kirib, hammadan tashqariga chiqishni talab qilgan. Keyin yettinchi qavatdagi xonalardan biriga kirib, oynalarni sindirgan va qilich surati tushirilgan Turkiya bayrog‘ini osib qo‘ygan.
Voqea joyiga politsiyaning ilg‘or bo‘limlari yetib kelgan, hududda yo‘l harakati yopilgan, tez yordam mashinalari navbatchilik qilmoqda. Hozirda bezorilar bino oynalarini sindirib, hukumatga qarshi shiorlarni aytishda davom etmoqda.
Izoh (0)