Samarqand viloyati Oqdaryo tuman Ichki ishlar bo‘limiga Toshkent shahrida yashovchi shaxs talonchilik jinoyati bo‘yicha ariza bilan murojaat qildi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Nexia rusumidagi avtomobilga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan. Biroq haydovchi uni aytilgan joygacha olib bormagan, yo‘lda unga hujum qilib, 80 ming so‘m va 1700 AQSh dollari miqdoridagi pulini tortib olgan hamda o‘zini mashinadan tushirib yuborgan.
Jabrlanuvchi tomonidan berilgan ta’rifga asoslanib gumondor tez orada qo‘lga olindi. U 1988-yilda tug‘ilgan toshkentlik shaxs bo‘lib chiqdi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)