Qarshida qarindoshlarinikiga mehmonga borib, ularnikida yotib qolgan ayol uyga qaytgach u yo‘qligida o‘g‘ri tushganini payqab qoldi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Uning ichki ishlar organlariga bergan arizasiga ko‘ra, uydagi 1000 AQSh dollari va 300 ming so‘m miqdoridagi pullar o‘g‘rilab ketilgan.
Professional tarzda tashkil etilgan tezkor tadbirlar natijasida gumondor qo‘lga olindi. U 1984-yilda tug‘ilgan Qarshi shahrida yashovchi kishi bo‘lib chiqdi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)