Hindistonda chuqurga tushib ketgan bolasini chiqarib olishga 11 soat davomida uringan ona fil aks etgan video internetda ommalashib bormoqda, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
https://youtu.be/Wjq1e71CbZ4
Kadrlarda holdan toygan ona fil loy bilan to‘lgan tashlandiq quduqqa tushib ketgan bolasini chiqarib olishga muvaffaqiyatsiz urinayotgani aks etgan. Filcha ancha botib qolgani tufayli onasining urinishlari befoyda ketgan. Jonivorlarning atrofini tomoshaga kelgan odamlar o‘rab olgan.
Fillarga qutqaruvchilar yordamga kelib, filchani onasi bag‘riga qaytargan. Ular to‘plangan tomoshabinlarni ham tarqatib yuborgan.
Izoh (0)