O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga bugun soat 6:00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi.
Soat 10.00 gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 798 ming 52 saylovchining 36,55 foizdan ortig‘i ovoz berishda ishtirok etdi.
Shunday qilib, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 35-moddasiga ko‘ra Prezident saylovi o‘tgan, deb hisoblanadi.
Saylov jarayoni davom etmoqda.
Izoh (0)