Taniqli Rotshildlar sulolasi vakillari bir-biri bilan nom huquqi ustida bahslashmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru”. The Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, ilk Rotshild Yevropa bank tizimiga o‘z mablag‘ini qo‘yganidan 200 yil o‘tib, sulolasining ikki tarmog‘i vakillari Fransiya sudida to‘qnash kelishi mumkin.
Fransiya va Shveysariyaning Edmond de Rothschild Group kompaniyasi Fransiyaning Rothschild & Cie guruhiga qarshi chiqmoqda. Edmond de Rothschild Group vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Rothschild & Cie o‘zini Rotshildlar guruhining asosiy bo‘g‘ini sifatida e’tirof etishi qonunga zid. Ularning fikricha, birorta tuzilma Rotshild nomini alohida talab qilishga haqqi yo‘q.
Rothschild & Cie’ning asosiy kompaniyasi bo‘lmish Paris-Orléans vakillari bu holatga izoh berishdan bosh tortgan, biroq vaziyatga yaqin manbalar kompaniyaga bu bilan bog‘liq birorta hujjat kelib tushmaganini tasdiqlagan.
Izoh (0)