2015-yilning 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Sergey Lebedev MDHning yurtimizda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti saylovini Kuzatuvchilar missiyasiga boshchilik qilmoqda.
Sergey Lebedov MDH Kuzatuvchilar missiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha kuzatuv jarayoni to‘g‘risidagi Oraliq hisobotining asosiy mazmuni bilan tanishtirdi.
Muloqot chog‘ida, shuningdek, MDH doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda Hamdo‘stlik nizomiy idoralarining navbatdagi yig‘ilishlari va tashkilotning boshqa tadbirlariga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.
Izoh (0)