Namangan shahridagi “Do‘stlik” kortlarida tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi uchinchi toifaga kiruvchi “Fyuchers” xalqaro turnirining asosiy to‘r bahslarida chorak final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Musobaqaning birinchi raketkasi hisoblangan o‘zbekistonlik Jo‘rabek Karimov ikkinchi raqamli rossiyalik Nikolay Kolobayevni mag‘lub etdi.
Yana bir hamyurtimiz Sharobiddin Abzalov rossiyalik Kristian Lozanni taslim qildi. Shuningdek, o‘zbekistonlik Saida’lo Saidkarimov ham chorak finalga yo‘llanma oldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu xalqaro turnirda yurtimiz tennischilaridan tashqari Buyuk Britaniya, Rossiya, Ukraina, Belgiya, Polsha, Belarus, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston kabi davlatlardan 18 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli tennischilar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishyapti.
Izoh (0)