Hindistonda yil boshidan beri cho‘chqa grippi epidemiyasidan halok bo‘lganlar soni ikki mingdan oshib ketdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hindiston Sog‘liqni saqlash va oila farovonligi vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, kasallanganlarning umumiy soni 33 mingga yetgan. Eng ko‘p bemorlar Rojaston va Gujarot shtatlarida qayd etilgan.
24-fevral kuni Gujarot shtatining eng yirik shahri bo‘lgan Ahmadobod ma’muriyati virus tarqalishining oldini olish maqsadida to‘y va ta’ziyadan tashqari barcha marosimlarni o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygan.
Izoh (0)