Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar ichki ishlar bo‘limiga noma’lum shaxslar bir fuqaroning Sanoat ko‘chasida joylashgan dala hovlisiga yashirin ravishda kirib, 3 bosh qo‘yni o‘g‘irlab ketgani haqida xabar tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ichki ishlar xodimlari jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo‘lgan kishilar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borib, gumonlanuvchilarning alohida belgilarini aniqladi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona shahrida yashovchi ikki nafar shaxs sodir etganligi aniqlandi.
G‘araz niyatli shaxslar qo‘lga olindi. Hozirda ularning viloyatdagi boshqa mulkiy jinoyatlarga ham aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)