ZTE Corporation − telekommunikatsiya sanoatidagi mobil internet sohasida texnologiya yechimli xalqaro yirik provayder hisoblanadi. 2014-yil natijalariga ko‘ra, kompaniyaning 4G tarmoq bazasi uchun mahsulotlar savdosi hajmi Yevropa bozorida 200 foizga oshgan.
ZTE 2014-yilning to‘rtinchi choragida EPC sohasida 170 tijoriy shartnoma imzoladi va dunyo bo‘ylab 140 ga yaqin tarmoq tajribasini o‘tkazdi. 2014-yilda 4G eNodeB ta’minotini ikki baravarga ko‘paytirdi, bu esa bozordagi 2013-yilgi ulushga nisbatan 25 foizga yuqori natija hisoblanadi.
ZTE’dan 4G EPC yuqori sifatli yagona apparat platformasida ishlovchi, 2G/3G/4G imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlovchi hamda tarmoq sifatini yaxshilashni kafolatlovchi, ortiqcha xarajatlarning oldini oluvchi mahsulot hisoblanadi. Bu mobil bozorida operatorlar o‘rtasida raqobatbardoshlilikni oshirishga sabab bo‘lishi mumkin. Bugun Yevropa bozorida 4G xizmatlari jadal rivojlanayotganining guvohi bo‘lish mumkin. ZTE o‘zining yuqori sifatli EPC mahsulotlari va sifatli tarmoq yarata bilishi bilan nafaqat Germaniya, Avstriya, Belgiya va Vengriya bozorlarida muhim o‘ringa ega bo‘ldi, balki endi u Slovakiya, Buyuk Britaniya hamda Norvegiyadagi yangi bozorlarda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. ZTE yuqori sifatli 4G tarmog‘i barpo etish yo‘lida terminal qurilmalardan foydalanuvchi ko‘pchilik foydalanuvchilarni ajoyib sifatli aloqa bilan ta’minlaydi.
2014-yilda kompaniya yangi mahsulotini namoyish etdi. Jumladan, 2014-yilda jahonda ilk bor 365 Mbps tezlikda ishlovchi yuqori-keng polosli masofaviy kompakt radioblokni (RRU) ishga tushirdi. Ushbu qurilma internetga ulanish bazasidagi (RAT) tarmoq muammolarini hal etishda yordam beradi.
ZTE tijoriy maqsadlarda yuqori quvvat bilan ishlovchi to‘lqinlar bazasini (BBU) ishga tushirdi. Bu mahsulot internetning 2G/3G/4G xizmatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, tijorat tarmoqlarining quvvatiga mos keladi va operatorlarning texnologik ehtiyojlarini qondira oladi.
Iste’molchilarga ZTE ning yopiq qamrovli chastotalar bilan ishlash uslubi ma’qul keladi, bunga Qcell’ni misol keltirish mumkin.
ZTE foydalanuvchilarning xohish-istaklarini inobatga olib tamroq sifatini yanada yaxshilash maqsadida Cloud UniCore ta’minotini, vertikal texnologiya tamroq funksiyasini (NFV) va tarmoqni aniqlovchi dasturni (SDN) ishga tushirdi.
ZTE mijozlarni, kompaniyalarni va hukumat sektorlari buyurtmachilarini ilg‘or telekommunikatsiya tizimlari, mobil qurilmalar va iste’molchilar uchun texnologik yechimlar va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar bilan ta’minlaydi. Kompaniya M-ICT strategiyasi doirasida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sifatini yaxshilash borasida bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda. ZTE ning xizmat turlari va mahsulotlaridan foydalanuvchi, Gonkong va Shenchjen fond birja bozorlarida (aksiya sinfi kodi H:0763.HK /aksiya sinfi kodi A:000063.SZ) 160 davlatda 500 operatorni tashkil etadi.
Kompaniya har yilgi sof daromadning 10 foizini telekommunikatsiya sohasida xalqaro standartlarga javob beruvchi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga, soha doirasida turli tadqiqotlar o‘tkazishga sarflaydi. ZTE BMTning global shartnomasida ko‘rsatilgan ijtimoiy mas’uliyat prinsiplariga qat’iy ravishda amal qilib keladi.
Reklama huquqlari asosida.
Izoh (0)