Xitoyda 2014-yil 1-mart kuni Yunnan provinsiyasining markazi bo‘lgan Kunmin vokzalida sodir etilgan teraktning uch nafar tashkilotchisi qatl etildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Jinoyatchilar o‘tgan yilning sentabr oyida qotillik va terrorchilikda aybdor deb topilgan. Hukm Xitoy Oliy xalq sudi tomonidan tasdiqlangan, o‘shanda hujumga aloqadorlardan yana biri umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.
Qayd etilishicha, ushbu yirik terakt oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan va 141 kishi jarohat olgan.
Izoh (0)