O‘zbekiston sohil futboli terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichidagi ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Qatarda davom etayotgan plyaj futboli bo‘yicha Osiyo chempionati guruh bosqichi doirasidagi ikkinchi o‘yinda O‘zbekiston Iroqni 6:1 hisobida mag‘lub etdi.
Birinchi o‘yinda Birlashgan Arab Amirliklari ustidan 6:5 hisobida g‘alaba qozongan Ahad Yusupov shogirdlari “C” guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, chorak finalga yo‘l oldi.
Izoh (0)