Dunyoga mashhur France Football nashri 2014-yilda eng ko‘p pul ishlab topgan futbolchilarning yangi ro‘yxatini e’lon qildi. Bu borada ham “Barselona” va “Real” yetakchilari Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘zaro raqobatchilik qilishdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Bu gal xuddi “El Klassiko”da bo‘lgani kabi argentinalik futbol yulduzi portugaliyalik hamkasbini ortda qoldirdi. Nashr hisob-kitobiga ko‘ra, Messi 2014-yilda 65 million yevro ishlab topgan. Bunga futbolchining “Barselona”dagi maoshi, qo‘shimcha bonuslar va homiylik kelishuvlaridan olgan summasi kiradi.
Ikkinchi o‘rinni Krishtianu Ronaldu egallab turibdi. “Real” yulduzi Messidan 11 million yevro kam pul ishlab topgan – 54 million yevro. Kuchli uchlikka Messining jamoadoshi Neymar 36,5 million yevro bilan yakun yasagan.
Qolgan o‘rinlar taqsimoti:
4. Tiago Silva (“PSJ”) - 27,5 mln yevro
5. Robin van Persi (“Manchester Yunayted”) - 25,6 mln yevro
6. Garet Beyl (“Real”) - 23,8 mln yevro
7. Ueyn Runi (“Manchester Yunayted”) - 22,5 mln yevro
8. Zlatan Ibragimovich (“PSJ”) - 21,5 mln yevro
9. Serxio Aguero (“Manchester Siti”) - 21,2 mln yevro
10. Robert Levandovski (“Bavariya”) - 20,2 mln yevro
Izoh (0)