“Sergeli Avtotexservis” avtosaloni 2014-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Cobalt avtomobillaridagi nosozlikni tuzatib beradi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari ma’lum qilgan.
Guruhda keltirilgan avtosalonning maktubda yozilishicha, GM Uzbekistan 2014-yilda ishlab chiqarilgan Cobalt avtomobillarida akkumlyator batareyasi terminali gaykasi predoxranitel blokida kuchsiz qotirilganligi ehtimoli mavjudligini aniqlagan.
Shu munosabat bilan “Sergeli Avtotexservis” avtosalonining kafolat bo‘limi bunday avtomobil egalariga yuqoridagi nosozlikni tuzatish uchun avtosalonga kelishni va ushbu kamchilikni bartaraf qilish uchun 30 daqiqadan kam vaqt ketishini ma’lum qilgan.
Boshqa avtosalonlar bunday tuzatish xizmatini amalga oshirish yoki oshirmasligi haqida ma’lumot mavjud emas.
Izoh (0)