O‘zbekiston plyaj futboli terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo chempionatining guruh bosqichidan o‘rin olgan ilk uchrashuvida qumga tushadi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Aslida Ahad Yusupov shogirdlari kecha, 23-mart kuni guruhning dastlabki o‘yinida Falastin bilan uchrashishi kerak edi. Lekin Falastin musobaqaga kelmagani uchun guruhda 3 ta jamoa pley-offga beriladigan ikki yo‘llanma uchun bahs olib borishi oydinlashdi.
Bugun, 24-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi ilk turda Iroqdan 7:5 hisobida ustun kelgan BAA bilan o‘ynaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot o‘rinda O‘zbekiston terma jamoasi Qatarga kelishi oldidan BAAda o‘tkazgan yig‘ini doirasida Dubayda 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, avvaliga mahalliy “Al-Ahli” klubiga 1:3, keyin esa Ozarbayjon terma jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Izoh (0)