Yapon seysmologlari uzunligi 900 kilometr bo‘lgan Nankay yorig‘i atrofida 320 ming kishining hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzila bo‘lishini taxmin qilmoqda, deb xabar berdi “Rossiyskaya gazeta”.
Hukumat zarur bo‘lganda tabiiy ofat hududiga uch kun ichida yuborilishi mumkin bo‘lgan o‘zini mudofaa qilish milliy kuchlari jangchilari, politsiya, o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar va ixtisoslashtirilgan texnikadan iborat 137 ming kishilik guruhlarni tayyorlab qo‘ydi.
Zilzila oqibatida Yaponiya iqtisodiyotiga 220 trillion iyena (1,8 trillion dollar) gacha zarar yetishi mumkin. Shuningdek, 2,5 milliontagacha uy buzilib, 320 minggacha odam halok bo‘lishi mumkin. Sohil bo‘yida yashovchi 340 ming kishi esa zilzila oqibatida yuzaga keladigan sunami xavfi ostida qoladi.
Izoh (0)