30-may kuni boshlanadigan Jahon Chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi aprel oyida Yangi Zelandiya U-20 jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati.
Ma’lumki, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi mamlakatda futbolni yanada ommalashtirish, O‘zbekistonning barcha hududlarida futbol ixlosmandlari katta futbol uchrashuvlaridan baxramand bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ish olib bormoqda.
Ushbu siyoatni amalga oshirishdagi yana bir qadam sifatida Yangi Zelandiya U-20ga qarshi dastlabki uchrashuv Farg‘ona shahrida yaqinda qurib bitkazilgan, zamonaviy “Istiqlol” stadionida o‘tkazishga qaror qilindi. O‘yin 3-aprel kuni soat 16:00 da boshlanadi.
Bu jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 6-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi uchrashuv qaysi stadionda o‘tkazilishi tez orada ma’lum qilinadi.
Izoh (0)