Garvard universitetining irsiyat sohasidagi tadqiqotchilari fil DNK hujayralarida ularning Yer yuzidan yo‘qolib ketgan ajdodlari bo‘lmish mamontlarning 14 ta genini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Sunday Times.
Tadqiqotchilar rahbari Jorj Cherchning so‘zlariga ko‘ra, o‘ta past haroratda organizmning yashab qolishiga javob beruvchi genlar: yung qoplamasi, quloqlar, teriosti yog‘lari va gemoglabin genlarini qayta tiklash evaziga mamont DNKlarini o‘z ichiga olgan sog‘lom fil hujayrasi hosil bo‘lgan.
Cherchning so‘zlariga ko‘ra, mamont genlarini Afrika va Hindiston fillarida bosqichma-bosqich tiklab borish evaziga abadiy muzliklar erishi xavfi ostida qolayotgan Sibir tundralari ekotizimini barqarorlashtirishga yordam beruvchi mamontlarni olish mumkin bo‘ladi. Biroq mamontlarni qayta tiklash o‘rniga yo‘qolib borayotgan fillarni asrab qolishga e’tibor qilish lozimligini aytuvchi olimlar ham topiladi.
Izoh (0)