Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida yakuniga yetib borayotgan Osiyo chempionatining 5–8-o‘rinlar uchun kechgan o‘yinida avvaliga Hindiston terma jamoasidan 45:22, keyin esa Eron termasidan 30:18 hisobida ustun keldi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Anjelina Goloskokova 11 ta gol bilan uchrashuvning eng sermahsul o‘yinchisiga aylandi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida kuchli beshlikdan joy oldi. Lekin JCh–2015 yo‘llanmasi uchun bu yetarli natija bo‘lmadi.
Gonkong terma jamoasidan 28:22 hisobida ustun kelgan Hindiston esa 6-o‘rinni band etdi. Bugun Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvidan so‘ng Osiyo chempioni nomi ma’lum bo‘ladi.
Izoh (0)