Birlashgan Millatlar Tashkiloti odamlarda baxtiyorlik hissini uyg‘otuvchi qo‘shiqlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun o‘zining sevimli qo‘shig‘i Stiv Uanderning Signed, Sealed, Delivered taronasi ekanligini ma’lum qilgan.
Shuningdek, ro‘yxatdan Jon Lennonning Imagine, Jeyms Braunning I Feel Good, Bob Marlining Three Little Birds, Yuliya Savichevaning “Nevesta” qo‘shiqlari o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, 20-martda Xalqaro baxt kuni nishonlanadi.
Izoh (0)