Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bir fuqaroning qing‘ir qilmishlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu fuqaro belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab, nazorat qilinmaydigan foyda olish maqsadida qiymati 14,5 million so‘mlik salkam 3000 dona turli xildagi DVD disk bilan tegishli tashkilotning litsenziyasini olmasdan turib, savdo faoliyatini amalga oshirib kelgan.
Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, u litsenziya olinishi shart bo‘lgan mazkur faoliyat turi bilan muqaddam ham tegishli ruxsatnomasiz shug‘ullanib kelgan va bu uchun bir necha bor ma’muriy javobgarlikka ham tortilgan.
Mazkur holat yuzasidan aybdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ta’minlandi.
Izoh (0)