Toshkent shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnirning asosiy to‘r bahslarida yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Tashkent ITF Juniors turnirining birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan Jo‘rabek Karimov chorak finalda O‘zbekistonning boshqa bir vakili Humoyun Sultonovni 6:2, 6:4 hisobida taslim etdi. Jo‘rabekning final ostonasidagi raqibi rossiyalik Aleksey Aleshchev bo‘ladi. Turnirda to‘rtinchi raqam ostida harakat qilayotgan Aleshchev 19-mart kuni vatandoshi Timur Ramzaytovdan 6:1, 6:4 hisobida ustun keldi.
Yarim finalga yana bir o‘zbekistonlik Saida’lo Saidkarimov ham yo‘l oldi. Turnirning sakkizinchi tartib raqamli tennischisi bo‘lgan Saida’lo ikkinchi raketka rossiyalik Pavel Kotovni 2:6, 6:2, 7:5 hisobida mag‘lub etdi. Endi Saidkarimov finalga chiqish uchun uchinchi raketka hisoblanayotgan britaniyalik Aleksis Kanterga qarshi kortga tushadi. Aleksis chorak finalda o‘zbekistonlik tennischi Sharobiddin Abzalovni 6:4, 4:6, 6:4 hisobida taslim etdi. Sharobiddin turnirda imtiyozli asosda ishtirok etgan edi.
Izoh (0)