O‘zbekistonning eng tajribali mutaxassislaridan biri, “Lokomotiv” jamoasining bosh murabbiyi Vadim Abramov Toshkentdagi shifoxonalarning biriga yotqizildi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.
Nashrning “Lokomotiv” professional futbol klubidagi manbasining ma’lum qilishicha, 52 yoshli mutaxassis ko‘krak sohasidagi og‘riqdan shikoyat qilgan va zudlik bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Ayni paytda Vadim Abramov mikroinfarktni boshidan o‘tkazgani aytilmoqda.
Izoh (0)