Xonanda Guli Asalxo‘jayeva va uning turmush o‘rtog‘i Ravshan Xo‘jayev “Erkak – bosh, ayol – bo‘yin” degan gap haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Sug‘diyona” gazetasi.
“Agar ayol aqlli, farosatli va dono bo‘lsa, ‘bosh’ devorga borib urilmaydi, – dedi Guli Asalxo‘jayeva. – Aksi bo‘lsa, erkakni yo‘ldan adashtiradi. ‘Xotinimning gapiga kirmayman’ degan erkak ham istaydimi-yo‘qmi, baribir biror so‘zini ma’qullaydi”.
Xonandaning turmush o‘rtog‘i Ravshan Xo‘jayev ayolining fikriga qo‘shilgan holda shunday dedi: “Ammo erkakni yo‘naltirish uchun ayol, avvalo, o‘qimishli bo‘lishi lozim. Agar o‘zida yetarlicha bilim bo‘lmasa, qanday qilib ‘bo‘yin’lik qilsin?”
Izoh (0)