Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvlaridan oxirgisida “Borussiya” D hamda “Yuventus” klublari o‘zaro kurash olib borishdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Qiziqarli o‘tgan bellashuvda 0:3 hisobi qayd etildi va turinliklar g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Karlos Teves ikkita gol urib, dubl qayd etgan bo‘lsa, Morata bitta golga mualliflik qildi.Shu tariqa “Yuventus” raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan, chorak finalga chiqdi.
Yevropa chempionlar ligasi, 1/8 final. Javob o‘yini
“Borussiya” D Germaniya – “Yuventus” Italiya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 3 Teves, 0:2 – 70 Morata, 0:3 – 79 Teves.
“Borussiya” D – Vaydenfeller, Papastatopulos, Subotich, Xummels, Shmelser (Kirx, 46), Bender (Ramos, 63), Gyundogan, Kampl, Roys, Mxitaryan (Blashchikovski, 63), Obameyang.
“Yuventus” – Buffon, Lixtshtayner, Bonuchchi, Kellini, Evra, Vidal, Markizio, Pogba (Bardzali, 27), Pereyra, Morata (Matri, 78), Teves (Pepe, 81).
Ogohlantirishlar: Roys (73).
Birinchi o‘yin – 1:2.
Izoh (0)