Tunisdagi muzeyda sodir etilgan teraktdan keyin shaharda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning patruli kuchaytirildi, avtomobillar, ayniqsa yuk mashinalari qattiq tekshirilmoqda, deb xabar berdi “TASS”.
Hujumga uchragan muzey yaqinida parlament binosi joylashgan bo‘lib, yon-atrof qurshab olingan. Terakt tufayli davlat muassasalari, diplomatik vakolatxonalar, fuqarolik va ayniqsa turistik infratuzilma obyektlari qattiq qo‘riqlanmoqda. Poytaxt markazida namoyishchilar ham to‘plana boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni Tunis poytaxtidagi Bardo milliy muzeyiga jangarilar hujum qilishi oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)