Ikki noma’lum shaxs Andijon viloyati Jalaquduq tumani Tuyalas mahallasida joylashgan mol bozori hududida firibgarlik jinoyatini sodir etgani aniqlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Ular bozorda Buloqboshi tumani Nayman qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning oldiga kelib, aldov yo‘li bilan uning ishonchiga kirib, ikki bosh qoramollarini savdolashib, ulardan biri qoramollarni avtomashinaga yuklab, ikkinchisi pullarni Andijon shahar Oltinko‘l mahallasidagi “Nihol” oshxonasida berishini aytib, u yerga yetib borganidan so‘ng chalg‘itib, pulni bermay voqea joyidan yashiringan. Jabrlanuvchi aldanganini bilgach, ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jinoyat joyi ko‘zdan kechirilib, jabrlanuvchi va guvohlar bilan surishtiruv ishlari olib borilgach firibgarlarning tashqi ko‘rinishlari haqida ma’lumotlar to‘planib, tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirildi. Natijada Andijon tumanida yashovchi 30 yoshli ikki fuqaro gumonlanib qo‘lga olindi va ularning sodir etgan jinoyati to‘liq fosh etildi.
Ushbu firibgarlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)