O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi 22-28-may kunlari Yangi Zelandiya poytaxti Vellingtonda jahon chempionatiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi bo‘lgan o‘quv-yig‘in jarayonini olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu o‘quv yig‘ini doirasida O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi nazorat uchrashuvi o‘tkazishni ham rejalashtirgan.
24-may kuni O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Panama U-20 yoshlar terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Elatib o‘tamiz, Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon Chempionati 30-may kuni boshlanadi.
Izoh (0)