“Bunyodkor” va “Lahviya” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Laudrup uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
“Natijadan juda xursandman. Raqib hujumda o‘ynashini bilardik, shu bois himoyadan o‘ynashga qaror qildik. G‘alaba uchun barcha ishni amalga oshirdik. Jamoamiz sardori to‘qnashuv natijasida jarohat oldi.
‘Bunyodkor’ juda kuchli jismoniy tayyorgarlikka ega jamoa. Ular uchrashuvning so‘nggi daqiqalarigacha maydonning har bir qarichi uchun kurash olib bordilar. Bugungi o‘yinni ‘Bunyodkor’ning ‘Persepolis’ga qarshi o‘yini bilan taqqoslash mumkin.
Toshkentliklarning hali imkoniyati bor. Agar keyingi uchta o‘yinda maksimal natijaga erisha olsa, jamoa keyingi bosqichga chiqishi mumkin”, − deydi Laudrup.
Izoh (0)