Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining uchinchi turi doirasida Qatarning “Al Sadd” klubiga 6:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z muxlislariga murojaat qildi.
Qadrli “Lokomotiv” muxlislari! “Al Sadd”ga qarshi o‘yin qanchalik alamli kechmasin, hisob qanchalik yirik bo‘lmasin va jamoa qanchalik tanqidga uchramasin, klubimiz sizni qadrlaydi va hamisha sizning quvvatlovingizga muhtoj turadi.(Suratlar va izohlar “Lokomotiv.uz” saytidan olindi).O‘yindan oldin, har bir o‘yinchi bilan gaplashib, o‘yinga bo‘lgan tayyorgarligini so‘raganimizda, barchasi bir ovozdan “biz bugun g‘alaba qozonamiz, Xudo xohlasa”, − deya duoga qo‘l ochib Xudodan iltijo qilishardi. Biroq, o‘yin boshqacha tus oldi, hamon bu vaziyat ayrim o‘yinchilar uchun qo‘rqinchli tushdek tuyulmoqda.
O‘ylaymizki, alamli yiqilishdan so‘ng, jasoratli turish vaqti keladi va “Lokomotiv” jamoasi bu kabi sharmandalikni boshqa muxlislariga taqdim qilmaydi. Quyida birinchi taymdan olingan lavhalarni e’tiboringizga havola qilyapmiz, sababi barchasi boshqacha bo‘lishi kerak edi. Lekin, rahmatli Davlat Turdaliyev gapi bilan aytadigan bo‘lsak, “Maydon tekis, to‘p dumaloq”. Ortiqcha izohga hojat yo‘q!
Biz bilan oxirigacha bo‘lib, turib berganingiz uchun katta rahmat, aziz muxlisimiz!
Tarkib saralangan, o‘yinchilar tayyorlangan edi...
Mullajonov penalti ishlayman deb o‘ylamagan edi...
Yanichich gol urolmasligini bilmagan edi...
Xussayn Amotta, raqibi Abramovni bunday hisobda yutishni orzu qilmagan edi...
Temurxo‘ja gol urishga har qancha urinayotgan edi...
Hasanov ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarayotgan edi...
Benjamin ham penalti berishga “tayyor” edi...
Zoteyev hakamga yalinadi deb kim ham o‘ylagan edi...
Ma’mur Ikromov bu gol ohirgisi bo‘ladi deb ishongan edi...
Izoh (0)