Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Isroilning Xolon texnologiya instituti bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Shartnoma doirasida o‘zbekistonlik yoshlar Isroil oliy ta’lim tizimining yuqori texnologiyalarga yo‘naltirilgan eng yaxshi modellaridan foydalanish imkoniga ega bo‘aldi. Shuningdek, tomonlar qo‘shma o‘quv dasturlari ustida ishlab, Isroil va O‘zbekistonning ikki tomonlama diplomlarini beradi.
Hozirda tomonlar kelishuvning aniq jihatlarini muhokama qilishga kirishgan. Kelgusi o‘quv yilida o‘zbekistonlik talaba va o‘qituvchilarning ilk guruhi Isroilga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Izoh (0)