Normand orollariga tarkibiga kiruvchi eng yirik – Jersi orolida The Polar Capital deb nomlangan shaxmat festivali davom etmoqda. Jersey International Chess Tournament musobaqasida O‘zbekistondan Jahongir Vohidov (2508) ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Uchinchi raqam ostida tasniflangan Vohidov hozirga qadar o‘tkazilgan barcha 3 ta partiyada g‘alaba qozondi. Samarqandlik yosh grossmeyster 1-turda qora donalarda o‘ynab, gonkonglik Daniel King Lamni mot qildi. Ikkinchi turda mezbon shaxmatchi Luis Joaultni, 3-turda esa shotlandiyalik Leyn Gurlayni mag‘lubiyatga uchratdi.
Shveysarcha tizimdagi 9 ta turdan iborat turnirda jami 24 nafar shaxmatchi o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazyapti. Musobaqada g‘olib chiqqan shaxmatchiga 1,5 ming yevro mukofot puli taqdim etiladi.
Izoh (0)