2015-yil 10-mart kuni noma’lum shaxs Xorazm viloyatining Urganch shahri O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan uyali telefon apparatlarini tuzatish ustaxonasiga eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirib, u yerdan har xil rusumli 55 dona mobil telefon apparati va 11 dona planshet, shuningdek, noutbuk hamda DVD apparatini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar beradi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan gumonlanuvchi “issiq izida” qo‘lga olindi. U 1991-yilda tug‘ilgan Xiva tumanida yashovchi shaxs bo‘lib chiqdi.
Jinoyat sodir etilgan joydan o‘g‘irlangan ashyoviy dalillar ustaxonaga qaytarildi. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)