2015-yilning 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Daniya Qirolligining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Tomas Vinklerni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Daniya aloqalarini turli sohalarda kengaytirish istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa masalalarni qamrab olgan davlatlararo muntazam muloqotni davom ettirish va rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy negizini kengaytirish dolzarb ekanligi e’tirof etildi.
Izoh (0)