Amsterdam ozod universiteti va Filippin universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlar masofadan turib munosabatlarni davom ettitrishga qanday ta‘sir qilishi aniqlandi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Agar sevishganlar qandaydir sabablarga ko‘ra bir-biridan uzoqqa ketib qolsa, Facebook, Twitter, Vkontakte singari ijtimoiy tarmoqlar juftlikka munosabatlarni uzoq vaqt saqlab qolish imkonini beradi. Aksincha, ular bir shaharda yashaganda ijtimoiy tarmoqlar munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mamlakatning, qit’aning va hatto sayyoraning turli burchaklarida bo‘lgan sevishganlar istalgan vaqtda yuboriladigan xabarlar orqali munosabatda bo‘lib turadi. Bundan tashqari, tarmoqdagi suratlar, video va musiqalar ham bu jarayonga ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, ularda doim bir-birining yonida turganlik hissi paydo bo‘ladi va hattoki ba’zida munosabatlarni qutqarishi ham mumkin.
Izoh (0)