Navoiy viloyatining Tomdi tumanida yangidan bunyod etilgan 12-bolalar musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
1 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan ushbu maskan tomdilik san’atsevar yoshlarga haqiqiy Navro‘z tuhfasi bo‘ldi.
Davlat rahbarining bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ular faoliyatini yanada yaxshilashga oid qarori asosida qurilgan mazkur dargohda barcha sharoit yaratilgan. Jumladan, katta konsert zali, maktab hovlisida mo‘jaz amfiteatr barpo etildi.
Muassasa milliy va Yevropa cholg‘u asboblari bilan ta’minlangan. Maktab kutubxonasidan zaruriy adabiyotlarning o‘rin olgani o‘quvchi-yoshlarning nazariy bilimini oshirishda asqotadi.
Izoh (0)