SVOJJDLQK departamentining Qibray tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida tumandagi “Tufel” QFYda istiqomat qiluvchi fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmay, yashirin sex tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.
Mazkur “tadbirkor” 2012-yildan o‘tgan yilning iyuliga qadar temirdan darvoza, turli panjaralar va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarib, sotib kelgan. U o‘zining mazkur noqonuniy faoliyati davomida 160 million 819 ming so‘mlik hamda 44 ming AQSh dollarilik, jami 276 million 130 ming so‘mlik mahsulot aylanmasini amalga oshirib, bu davrda 55 million 220 ming so‘m miqdorida sof daromad olganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu noqonuniy tadbirkorlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudi fuqaroning qilmishiga yarasha jazo tayinladi.
Izoh (0)